loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qashqadaryoda Festivali 2-kuni

Halqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy san’at festivali 2-kunida Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 11-b sinf «Dastgohli rangtasvir rassomi» yo’nalashi o’quvchilari Sh.Pulatov va B.Ismoilovlarning shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.Ko’rgazmada yosh rassomlarning moybuyoqda va akvarelda ishlangan Shahrisabzning so’lim go’shalari tasvirlangan asarlari, tashrif buyuruvchilarga yaxshi taasurot qoldirdi.Jajji bolajonlarimizning «Asfaltga chizish» musobaqasida qatnashishi ularga olam-olam quvonch olib keldi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.