loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Qizg’inlik» nomli ko’rgazma

12 may kuni  O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida Hakim Turdiyev studiyasining “Qizg‘inlik” nomli koʻrgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada Hakim Turdiyev, Faim Madgazin, Erkin Bazarov, Shaxrizod Qurbonova, Sevinch Uralova, Anora Mexmonova, Visolaxon Tolipxonova, E’zoza Zokirjonova va Sevara Baxodirovalarning ijodiy ishlari namoish qilinmoqda.

Ko‘rgazma ishtirokchilari haqida ma’lumot:

Hakim Turdiyev
Hakim Turdiyev 1957 yil 29 dekabrda Toshkentda tug’ilgan.
1978 yilda P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtini tamomlagan.
1979-1984 yillarda V. I. Surikov nomidagi Moskva Davlat akademik rassomlik institutini tamomlagan.
1986-1989 yillarda Badiiy Akademiya xuzuridagi R. Axmedov ustaxonasida aspiranturani o‘qigan.
1992-1996 yillar – Niderlandiyadagi Gaaga Qirollik tasviriy nafis san’at akademiyasida o’qigan.
1990 yilda Badiiy uyushmasi a’zosi.

Faim Madgazin (1930-1991)
Faim Madgazin 1930 yilda Rossiyaning Saratov viloyatida tug‘ilgan.
1951 yilda P. Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtini tamomlagan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Nukus shahriga ijodiy faoliyatini boshlash uchun ketadi.
Faim Madgazin Qoraqalpog’istondagi birinchi porloq rassomlardan edi. Usha vaqtdan boshlab u Respublikamizning barcha koʻrgazmalarda qatnashib kelgan. Innovatsion davr qaramasdan uning ijodiy ishlarida Amudaryo va Orol dengizi tasvirlangan hamda keng ommaga taqdim etilgan.
1983-1984 yillardagi ijodi uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdax nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
V. Savitskiy nomidagi Davlat muzeyida 79tadan ortiq ishlari xozirgi kungacha saqlanib kelmoqda.

Erkin Bozorov
1983 yilda Navoi viloyati Nurota tumanida tug‘ilgan.
1998 yilda Navoiy Tasviriy va amaliy san’at litseyida ta’lim olgan.
2001 yilda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida o‘qigan.
2007 yilda O‘zbekiston Badiiy uyushmasi a’zosi.
2008 yildan boshlab Respublikamizda va xorijda koʻrgazmalarda faol qatnashib keladi.

Shaxrizod Qorbonova
2001 yil 14 iyunda to‘g‘ilgan.
P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabi bitiruvchisi.
Xozirgi kunda K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 3 bosqich talabasi.
2017 yilda O‘zbekiston Badiiy Akademiyasida “Yo‘l” nomli shaxsiy koʻrgazmasi bo‘lib o‘tgan.

Sevinch Uralova
2002 yilda 8 iyunda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.
2012 yilda A. Xojayev nomidagi Respublika ixtisolashtirilgan dizayn kollejiga o‘qishgan kirgan.
2020 yildan K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 3 bosqich talabasi.

E’zoza Zokirjonova
2005 yil 10 fevralda Toshkentda tug‘ilgan.
2019 yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabiga o‘qishga kirdi.

Visolaxon Tolibxonova
2001-yil 11-aprelda Toshkent viloyati Pskent tumanida tug’ilgan
2021-yildan K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti, Grafika: Dastgohli kitob grafikasi ta’lim yunalishi talabasi.

Anora Mehmonova
2001 yil 23-avgustda Navoiy viloyati Uchquduq tumanida tugilgan.

2020 yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabini tamolagan.
2021-yildan K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi.

Sevara Baxodirova
2001 yilda 17 yanvarda Chichiq shahrida tug‘ilgan.
Chirchiq shahridagi ijtimoiy-iqtisodiyot kollejini tamomlagan.
K. Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 3 bosqich talabasi.

Hakim Turdiyev studiyasining “AzArt” nomli ko’rgazmasi konseptsiyasi:
“AzArt” studiyasi bir vaqtning o‘zida “Osiyo rassomi” (“Художник Азии”) “Qizg‘inlik” ma’nosini bildiradi. Konseptsiyaning umumiy ma’nosi shundan iboratki – har bir rassom o‘zining ichki dunyosini yaratadi. Tomoshabin ijodiy asarlarni ko‘rib rassomning aytolmagan so‘zlarini kuzatish mumkin. “AzArt” noan’anaviy tasavvurlarni, san’at olamidagi yangiliklardan ichmoqlikka undaydi.

Ko‘rgazma joriy yilning 19-mayigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.