loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qoraqalpog‘iston «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ning Birinchi kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 2023 yil – «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili»ga bag‘ishlangan Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ga start berildi.Joriy yil 17 aprel kuni maktab-internatida Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha tasdiqlangan dastur asosida uning ochilish marosimi o‘tkazildi.Tadbirda o‘quvchilar va ota-onalar, maktab-internati pedagog va texnik xodimlari, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi boshlig‘i U.Utegenova, Nukus shahar Jiydeli Baysun mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirok etdi. Tadbirda festivalning ahamiyati va o‘tgan yildagilardan farqlari haqida ta’kidlab o‘tilib, festival tadbirlarining haftalik dasturi tanishtirib o‘tildi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida tasviriy va amaliy san’at bo‘yicha ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Ko‘rgazmada o‘quvchi va o‘qituvchilarning tasviriy san’at, yog‘och o‘ymakorligi, haykaltaroshlik, badiiy gilam, milliy kashtachilik hamda liboslar dizayni bo‘yicha ijodiy ishlar namunalari namoyish etildi. Tadbirda ishtirok etganlar ijodkorlarning asarlari bilan yaqindan tanishdilar va ular tomonidan bildirilgan fikrlari eshitilib, tegishli ravishda baholab o‘tildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.