loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qoraqalpog‘istonda Festivali 2-kuni

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilariga manzara janri haqida ma’lumotlar berish, perspektiva qoidalariga rioya o‘ilgan holda muayyan bir manzarali asar yaratish bosqichlarini yaqindan o‘rgatish, shuningdek, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida mutaxassislik fan o‘qituvchilari B.Seytmuratov va S.Jiemuratovlar tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan Nukus shahridagi diqqatga sazovar joylariga plener sayohati tashkil qilindi. Sayohat davomida o‘quvchilar uchun mahorat darslari o‘tkazish hamda etyudlar chizish tadbirlari joy oldi.Amaliyot jarayonida o‘qituvchilar o‘z mahoratini shogirdlariga tabiyatga bo‘lgan estetik munosabatini, tabiyatning go‘zalligini ko‘ra bilish va uni idrok qilishda bilim, ko‘nikma va albatta, malakaga ega bo‘lish lozimligini tushuntirdi.

Babashev Berdimuratning 9-sinf oʻquvchilariga «Milliy manzara» hamda Nurimbetov Bayrambayning 8-sinf oʻquvchilariga «Ovul manzarasi» mavzusida mahorat darslari oʻtkazildi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, iste’dodli yosh rassom Baymurzaev Rustemning portret janri bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Mahorat darsida yosh rassom R.Baymurzaev o‘z ijodiy mahoratini ko‘rsatib, naturada portret ishlash jarayonida ushbu janrning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z etdi va naturaning ichki ruhiy holatini portret orqali tasvirlash moy qalam sohiblaridan izlanuvchanlikni talab etadiganligini ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi bilan o‘quvchilar o‘rtasida ijodiy uchrashuv va tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga tasviriy san’atning sir-asrorlari haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o‘quvchilarining sayohati joy olgan.Shu munosabat bilan maktab-internati o‘quvchi va o‘qituvchilari I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdi va muzeyning ajoyib eksponatlari joylashgan zallari bo‘ylab ekskursiyalar tashkil qilindi. Tashrif davomida o‘quvchilari xorijiy mehmonlar bilan suhbatlashib, esdalik uchun rasmga tushdilar.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.