loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Radik Azizovning shaxsiy ko‘rgazmasi

4 fevral kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida grafik rassom Radik Azizovning “Bag`ishlov” nomli shaxsiy ko`rgazmasi ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Ko`rgazmada rassomning keying yillarda ishlagan 70 dan ortiq rangtasvir asarlari namoyish qilinmoqda.

Radik Azizov – 1965 yil 15 fevralda Toshkent viloyatining To`ytepa shahrida tug`ilgan. Maktabni tugatgach, P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik kollejida tahsil oldi.
1984-1986 yillarda avvalgi Ostrovskiy nomidagi Teatr va rassomlik institutida 2 yil o`qidi va xizmatdan qaytgach, o`qishni davom ettirmadi. Institutni tugatolmasada, rassomlik bo`yicha ta`lim olish yo`llarini qidirdi va 1991-1992 yillarda Moskvadagi kinematografistlar uyushmasida multiplikatsiya san`ati studiyasida ta`lim oldi. O`qishni tugatgach esa, Moskvadagi televidenie va nashiyotlarda ishlay boshladi. Aynan mana shu yillarda rassom karikatura san`atida samarali ijod qilgan. Radik Azizov “Dunyoning eng yaxshi 100 nafar karikaturachisi” deb tan olingan va “Katta karikatura ensiklopediyasi” eng yaxshi asarlari kiritilgan. Shu paytgacha rassomning 100dan ortiq asarlari xalqaro ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etgan.

Radik Azizov – 1999 yildan boshlab O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi. 2008 yili rassomlik yo`nalishida “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori bo`ldi. Har yili 1 aprel – Xalqaro Kulgu kuniga bag`ishlangan ko`rgazmalar tashkilotchisi.
Radik Azizovning asarlari ko`plab xorij mamlakatlarning shaxsiy kollektsiyalari va respublikamiz muzey hamda galereyalarida saqlanib keladi.

Ko`rgazma joriy yilning 14 fevraligacha davom etadi.

Xalqaro tanlovlar va ko‘rgazmalar sovrindori:

1984 y. Maxsus sovrin Moskva, Rossiya
2003 y. Faxriy sovrin Seul, J. Koreya
2004 y. Beshinchi mukofot Dayedjen, J. Koreya
2004 y. Faxriy sovrin Leng Mu, Xitoy
2005 y. Ikkinchi mukofot Xayfa, Isroil
2005 y. Eng zo‘r karikaturachi uchun sovrini (DICACO) Dayedjen, J. Koreya
2005 y. Faxriy sovrin Niyemodlin, Polsha
2006 y. Faxriy sovrin Dayedjen, J. Koreya
2006 y. Faxriy sovrin Leng Mu, Xitoy
2007 y. Faxriy sovrin (DICACO) Dayedjen, J. Koreya
2008 y. Maxsus sovrin Baku, Ozarbayjon
2008 y. Pochetniy priz Damask, Siriya
2008 y. “Oltin Qalam” Milliy mukofoti Toshkent, O‘zbekiston
2008 y. Faxriy sovrin Monreal, Kanada
2008 y. CFM Xalqaro mukofoti Sinsinati, AQSH
2008 y. Bronza medali. Uchinchi mukofot. Pekin, Xitoy
2008 y. O‘zBAning Oltin medali Toshkent, O‘zbekiston
2009 y. Rag‘batlantiruvchi mukofot Libbek, Belgiya
2009 y. Eng zo‘r karikaturachi mukofoti Dayedjen, J. Koreya
2009 y. “Karikatura ustasi” nominatsiyasi Plovdiv, Bolgariya
2010 y. “Eng zo‘r karikatura” mukofoti Dayedjen, J. Koreya
2010 y. “Tinchlik uchun” mukofoti Pekin, Xitoy
2010 y. “Ustoz” sovrini Toshkent, O‘zbekiston
2011 y. “Tabassum” kulgu festivalining kumush medali Toshkent, O‘zbekiston
2011 y. “Polsha o‘zbek rassomlari nigohida” ko‘rgazmasi ikkinchi mukofoti Toshkent, O‘zbekiston
2012 y. Kulgu festivali faxriy sovrini Toshkent, O‘zbekiston
2013 y. Eng yaxshi karikaturachi sovrini Dayedjen, J. Koreya
2013 – 2015yy. “Tasviriy va amaliy san’at festivali” diplomlari Toshkent, O‘zbekiston

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.