loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ranglar jilosi

Badiiy akademiya tasarrufidagi Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining ko’rgazmalar zalida rangtasvir yo’nalishi o’qituvchisi Aziz Mamutov hamda shogirdlarining ijodiy ishlaridan iborat «Ranglar jilosi» nomli ko’rgazmaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmurodova kirish so’zi bilan ochdi. Ko’rgazmada ustoz va shogirdlarning 60 dan ortiq ishlari namoyish etilmoqda.

Ko’rgazma va rassomning faoliyati haqida san’atshunos Sh.Xomidova tomonidan iliq fikrlar bildirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.