loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovi

Bugun,24-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Ranglar jilosida – ona diyor” rasmlar tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchilari asarlari ko‘rgazmasining ochilishi hamda g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 3 ta yosh toifalari bo‘yicha 2 bosqichda tashkil etildi.

Birinchi bosqich – viloyat bosqichi: iyun’-iyul’ oylarida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat bo‘limlari tomonidan tashkil etildi;

Tanlovning Respublika bosqichida tasviriy san’atning rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik yo‘nalishida ijod qilayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan hududiy bosqich g‘oliblari bo‘lgan 7 yoshdan 30 yosh orasidagi 126 nafardan ortiq yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalari bilan ishtirok etdilar.

Ishtirokchilarning ijodiy ishlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zolari, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining a’zolari, taniqli ijodkorlar, shuningdek, madaniyat va san’at sohasi vakillaridan iborat nufuzli Hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, jami 12 nafar yosh ijodkorlar tanlov g‘olibi, deb topildi.

Shundan 9 nafar yosh ijodkor tanlovning sovrinli o‘rinlariga, 3 nafar yosh ijodkor rag‘batlantiruvchi mukofotga sazovor bo‘lishdi.

G‘oliblar bilan tanishing:

7 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin – Yo’ldosheva Solihabonu (Qashqadaryo viloyati);
II o‘rin – Toshkanov Xasan (Qashqadaryo viloyati);
I o‘rin – Qobilova Muslima (Toshkent shahri).

14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin – Baxtiyorova Soliha (Toshkent shahri);
II o‘rin – Rixsiboyev Xasan (Toshkent viloyati);
I o‘rin – Sadullayeva Yulduz (Xorazm viloyati).

18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh ijodkorlar:

III o‘rin – Kalishbekov Isa (Toshkent viloyati);
II o‘rin – Isroilova Munisa (Toshkent shahri);
I o‘rin – Abdumajidov Avazjon (Toshkent viloyati).

Rag‘batlantiruvchi sovrin va Diplom sovrindorlari:

1. Madraimova Shahzoda (Xorazm viloyati);
2. Umurzoqova Madinabonu (Toshkent shahri);
3. Zuyev Gleb (Toshkent shahri).

Ko‘rgazma joriy yilning 3-sentyabrigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.