loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ranglarda aks etgan ona tabiat

O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab “Ranglarda aks etgan ona tabiat’’ ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi.Ayni damda Buxoro ixtisoslashtirilgan Jayron pitomnikida  8 nafar rassom o’z ishini boshlagan  Ijodkorlar soʼlim tabiat qoʼynida ijod qilib, Jayron pitomnigining  betakror manzaralari, noyob o’simlik va hayvonot dunyosi  aks etgan tasviriy asarlar yaratishmoqda.Ma’lumot o’rnida Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigi 1977-yilda tashkil topgan bo’lib, Qizilqum cho’lining janubi-g’arbida, Buxoro shahridan 42 km masofada joylashgan.Maydoni 16,5 ming gektar bo’lib, faoliyati jayronlarning yo’qolib borayotgan noyob turlarini ko’paytirishga yo’naltirilgan.Tanlovning g‘olib va sovrindorlari 5-iyun – Butunjahon atrof muhit kuni arafasida e’lon qilinadi (https://telegra.ph/Ranglarda-aks-etgan-ona-tabiat-mavzusidagi-plenerni-tashkil-etish-va-otkazish-togrisida-04-08).

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.