loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rasmlar tanlovi g`oliblari taqdirlandi

2023 yilning 5 oktyabr kuni soat 12:00da O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida “Gullab yashnayotgan O`zbekiston” rasmlar tanlovining respublika bosqichi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.
Tanlov – ko`rgazmada ishtirokchilarning eng yaxshi 40ta rangtasvir yo`nalishidagi ijodiy ishlari namoyish qilindi.
Tanlov tashkilotchilari: O`zbekiston Badiiy akademiyasi, Iste`dodli yoshlarni qo`llab-quvvatlash “Ulug`bek” jamg`armasi va Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi.
Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar ongida mustaqillik tuhfa etgan aziz ne`mat – Vatanimizdagi bugungi tinch va osuda hayot qadriga yetish, yoshlarimizning barcha sohalarda o`z iste`dod va qobiliyatini to`la namoyon etishi,yurtimizning chekka hududlarida yashaydigan iste`dodli yoshlarni izlab topish va rag`batlantirish kabilar.
Tanlovda respublikamizda yashovchi 25 yoshgacha bo`lgan yoshlar rangtasvir yo`nalishi bo`yicha ijodiy ishlari bilan ishtirok etishdi.

I o‘rin sohiblari:
1. Aysuluv Temirxanova (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan san`at maktab-internati).
2. Murodjon Qurbonov (Buxoro Ixtisoslashtirilgan san`at maktab-internati).

II o‘rin sovrindorlari:
1. Faxriddin Zokirjonov (Беньков nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi).
2. Gleb Zuyev (Беньков nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi).

III o‘rin sohibalari:
1. Muslima Qobilova (Беньков nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi).
2. Ioanna-Karolina Chudova (Беньков nomidagi respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi).
Goliblar tashkilotchilar tomonidan ta`sis etilgan pul mukofotlari, Diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlanishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.