loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rassomlar “Piknik madaniyati” da

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son qarori ijrosinin ta’minlash bo‘yicha Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan qabul qilingan “Piknik madaniyati” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2023-yil 23-maydagi 268-sonli buyrug‘i 8-bandi ijrosi yuzasigan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Joriy yilning 27-may kuni Toshkent shahridagi “Zahiriddin Muhammad Bobur” nomidagi markaziy eko-bog‘da tashkil etilgan tadbirda Oʼzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasining aʼzosi, “Turon” fanlar akademiyasining akademigi, Oʼzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi Mamasaliev Аshurmat hamda mazkur ijodkor rahbarlik qilayotgan “Art Yangi Yol” rassom va hunarmand ijodiy markazi yosh ijodkorlari, Oʼzbekiston Badiiy akademiyasining Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) stajyor-tadqiqotchisi Doston Roʼziev ishtirok etishdi.

Mamasaliev Аshurmat va uning shogirdi tadbir ishtirokchilari, Toshkent viloyati Yangiyoʼl tumanidagi 6-maktab oʼquvchilari hamda tadbir mehmonlari uchun rangtasvir yoʼnalishidan stajyor-tadqiqotchi D.Roʼziev mahorat darslari oʼtkazishdi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.