loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rassomlik maktabida uchrashuv

Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida O`zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 29 yil to`lishi munosabati bilan  Milliy arxeoligiya markazi kichik ilmiy xodim, tarixchi olim А.Omonovning maktab o`quvchilari bilan suxbati tashkil etildi.

Tadbirda maktabning kasbiy ta’lim bo’yicha director o’rinbosari  J.Xolmuxamedov so‘zga chiqib, Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 29 yil to`lishi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirning mazmun-moxiyati xaqida gapidi, Konstitutsiya mustaqilligimiz timsoli ekanligi, bizning g`ururimiz ekanligi xaqida ma`lumot berdi.

Tarixchi olim A.Omonov  barchani qutlug‘ bayram bilan muborakbod etib, Konstitutsiyamizning tarixi va bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati hamda so‘ngi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmuni haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, Konstitutsiyamizda bizning bosh maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat qurish ekani aniq-ravshan belgilab berilgan. Shunday ekan, xalqimizning adolat va haqiqatga intilish, adolatli jamiyat qurishdek asriy orzularidan kelib chiqib, huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat qurish borasidagi konstitutsiyaviy normalarni hayotga tizimli ravishda va keng joriy etish ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.

Asosiy qonunimiz muqaddimasiga e’tibor qilar ekanmiz, “… xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda…” degan jumlalarni o‘qishimiz mumkin. Demak, Konstitutsiyamiz xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qiladi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining moddalarida ham “Har bir inson ta’lim olish huquqiga ega… Ta’lim inson shaxsini to‘la barkamol qilishga va inson huquqlari hamda erkinliklariga nisbatan hurmatni kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim…” deb ta’kidlanadi.

Bosh Qomusimizning 4-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini ta’minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratilishi e’tirof etiladi. Bugungi kunda respublikamizda ta’lim 7 til (o‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, turkman, tojik, qirg‘iz tillari)da olib borilmoqda.

Tadbirda  savollarga faollar tomonidan javoblar berildi.

 Bu uchrashuv  davomida o`quvchilar 8-dekabr konstitutsiya kuniga bag`ishlangan  rasmlari bilan ishtirok etishdi. 

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.