loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

RIDM o‘quvchilari eko-aksiyada g‘olib bo‘ldi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 1-aprel — «Xalqaro qushlar kuni» munosabati bilan Toshkent botanika bog‘ida tashkil etilgan “Qushlar bizning do‘stimiz” eko-aksiyasida Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM) o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan 1-aprel — «Xalqaro qushlar kuni» munosabati bilan respublikamizning barcha hududlarida “Qushlar bizning do‘stimiz” eko-aksiyasi o‘tkazildi.

Toshkent botanika bog‘ida tashkil etilgan aksiyada yosh eko-faollar, o‘quvchilar, soha mutaxassislari va volontyorlar, 200 ga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Aksiya davomida yosh ishtirokchilar “Eng yaxshi qushlar bilimdoni”, “Eng yaxshi qush ini” va “Qushlar yosh rassomlar nigohida” nominatsiyalari bo‘yicha bellashishdi. “Qushlar yosh rassomlar nigohida” nominatsiyasida shtirokchilar tomonidan chizilgan qushlar suratlari baholandi.
Tadbir 100 dan ortiq maktab o‘quvchilarini birlashtirdi.

Eko-aksiyada Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi (RIDM)ning Dastgohli rangtasvir bo‘limi 8-sinf o‘quvchilari maxsus fan o‘qituvchisi Muhammadali Qayumov qo‘li ostida faol ishtirok etishdi.

Yakunda barcha ishtirokchilarga sovg‘alar topshirildi. Har bir nominatsiya bo‘yicha 1, 2, va 3-o‘rinlar aniqlanib, g‘oliblar taqdirlandi.

“Qushlar yosh rassomlar nigohida” nominatsiyasida RIDM o‘quvchilari – Abdulloh Xo‘jamatov I o‘rin, Nozima Toshmaxatova II o‘rinni egalladi.

Shuningdek, RIDMning Davronbek Farmonov, Madina Mamatqulova, Nafisa Qahramonova singari o‘quvchilari eko-aksiyada faol ishtiroki uchun sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.