loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

San’at maktabida uchrashuv

1 aprel kuni Qo‘qon ixtisoslashtirilgan san’at maktabida o‘quvchilar va O‘zbekiston Badiiy akademiyasi «SAN’AT» jurnali bosh muharriri (PhD) Binafsha Nodir uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir chog‘ida Binafsha Nodir «SAN’AT» jurnali va nashriyoti faoliyati haqida yosh kitobxonlarga batafsil gapirib berdi.

Uchrashuv so‘ngida nashriyot tomonidan chop etilgan san’atga doir kitob va kataloglar maktab kutubxonasiga topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng B.Nodir maktab direktori E.Sodiqova bilan yangi ochilgan kashtachilik yo‘nalishida o‘qiyotgan o‘quvchilar va ularning ustozi bilan suhbatlashdi, so‘ngra musiqa yo‘nalishining choraklik konsert dasturini tomosha qilishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.