loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Sirdaryo

19-aprel kuni, Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivalining uchinchi kunida Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab internatiga Chirchiq pedagogika institutining tasviriy san’at yo’nalishi ustoz murabbiylaridan Izzatoy Marasulova hamda Dostonjon Berdiyevlar shogirdlari bilan birgalikda mehmon sifatida tashrif buyurdilar.D.Berdiyev o’quvchilarga tasviriy san’atdagi oqim va yo’nalishlar tog’risida tushunchalar berib, hozirgi kundagi zamonaviy yo’nalishlardan biri bo’lgan abstroksionizm yo’nalishi bo’yicha mahorat darsi o’tib berdi.Bundan tashqari maktab internati rangtasvir fani o’qituvchisi Toxirjon Raxmonberdiyevning relyef yo’nalishida bajarilgan ijodiy ishni bo’yoqlar bilan bo’yash usullari bo’yicha mahorat darsi bo’lib o’tdi.O’tkazilgan mahorat darslari o’quvchilarda ulkan ijodiy taassurotlar uyg’otdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.