loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Sirdaryoda “Tasviriy va amaliy san’at festivali”birinchi kuni

Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida 2023 yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”ga bag‘ishlangan Xalqaro an’anaviy “Tasviriy va amaliy san’at festivali” doirasida hamda ta’limni uzviyligini ta’minlash va ta’limdagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida 2023 yil 17 aprel kuni tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Festivalning ochilishiga Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti “Dizayn” kafedrasi dotsenti O.Kasimov, katta o‘qituvchi D.Saipovalar o‘z shogirdlari bilan Toshkent shaharidantashrif buyurishdi. Festival doirasida “Ustoz va shogird” an’anasini davom ettirgan holda “Mening o‘lkam” va “Zamonaviy arxitekturaviy kompozitsiya” mavzusida ko‘rgazma, mahorat darslari hamda o’quvchilar bilan san’at haqida qiziqarli davra suhbatlari o’tkazildi. Tadbir asnosida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti «Dizayn» kafedrasi bilan Siradryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’rtasida seminarlar, ko’rgazmalar hamda turli istiqbolli dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzildi. Ushbu bayram barchaning ko’nglida iliq taassurot qoldirdi. 📌Festival davom etadi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.