loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Surxondaryoda Festivali 2-kuni

Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati mutaxassislik fani o‘qituvchilari – Rajabov Ro‘ziboy, Amirov Ro‘zimurod, Vahobov Bunyodlar maktab-internatda mahorat darslarini o‘tib berdi. Mahorat darsiga Avgʻon maktabidan bir guruh talaba yoshlar tashrif buyurib, o‘zaro tajriba almashib, iliq taassurotlari bilan bo‘lishdi.

Ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati mutaxassislik fani o‘qituvchisi Teshayeva Sumbulaning «So‘zsiz istigʻfor» nomli koʻrgazmasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.Koʻrgazma Termiz shahrida joylashgan Imom At-Termiziy Tadqiqot markazida tashkil etildi. Koʻrgazmaga tashrif buyurganlar juda katta taassurotlar bilan qaytdi.

Xalqaro an’anaviy Tasviriy va amaliy sanʼat festivali davom etmoqda. Sanʼat haftaligining ikkinchi kunida maktab-internat dizayner o‘qituvchilari va shogirdlarining yaratgan liboslar kolleksiyasi namoyish etildi. Podium qatnashchilarining chiqishi esa,tashrif buyurgan mehmonlar hamda barcha tomoshabinlar qalbida katta taassurot qoldirib, ularga estetik zavq bagʻishladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.