loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Talabalar nusxa ko‘chirishdi

2022-2023- o‘quv yilining iyun oyida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Dastgohli rangtasvir kafedrasi 3-bosqich talabalarining O‘zbekiston davlat san’at muzeyida nusxa ko‘chirish amaliyoti bo‘lib o‘tdi.

Amaliyot davomida 27 nafar talaba muzey kolleksiyasida saqlanayotgan, XIX-XX asrlarda yashab ijod qilgan o‘zbek, evropa va rus rassomlarining asarlaridan nusxa ko‘chirishdi.

Yakunda bir guruh ustozlar, rassom va akademiklar ishtirokida mazkur amaliyotning ko‘rigi o‘tkazildi, nusxalar hay’at tomonidan yuqori baholandi.

Talabalarning haqiqiy ijodkor sifatida shakllanishida ko‘mak berayotgan amaliyot rahbarlari – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari – dotsent A.Sagatov, o‘qituvchi K.Hazratqulov hamda o‘qituvchi M.Isroilovalarga minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.