loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Taniqli zargar bilan uchrashuv

Temuriylar tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston xalq ustasi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, zargar Fasixitdin Dadamuxamedov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv doirasida zargar F. Dadamuxamedov va uning shogirdlari ishtirokida zargarlik san’ati bo‘yicha mahorat darsi tashkil etildi.

Unda muzeyga tashrif buyurgan o‘quvchilar, talabalar va xorijlik sayyohlar o‘zlari taqinchoq yasab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar. Ushbu milliy taqinchoqlarni yasash texnikasi ayniqsa xorijlik sayyohlarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’lumki, bugungi kunda horij muzeylarida Temuriylar davriga oid ko‘plab moddiy va ma’naviy boyliklarimiz saqlanib kelinmoqda. Xususan,Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj muzeyida Amir Temurning uchinchi o‘g‘li Mironshox uchun hamda Mirzo Ulug‘bekning onasi Gavharshod begim uchun yasalgan uzuk-muxrlarni misol qilish mumkin. Xalqimiz ana shunday boy merosimizdan bahramand bo‘lishi uchun bu noyob uzuk-muxrlarning nushalari Temuriylar tarihi muzeyi ekspozitsiyasida namoyish etilgan.

Zargar Fasixitdin Dadamuxamedov Sankt-Peterburgda joylashgan jahondagi eng yirik badiiy va madaniy- tarixiy muzeylardan biri – Ermitajga safar uyushtirib, ushbu uzuk-muxrтш o‘rgangan va o‘zbek xalqi bahramand bo‘lishi uchun ularning nusxalarini yasagan.

Fasixitdin Dadamuxamedov bu haqida  uchrashuvda alohida to’htalib, uning  yasalish jarayoni qanday kechganligini gapirib berdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.