loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Tarixiy sarkardalar portretlari yaratilmoqda

Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 14-dekabrdagi F-79-son Farmoyishi 2-ilovasi bilan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish dasturi” tasdiqlangan.

Dasturning 10-bandida “Buyuk sarkardalarning harbiy merosini o‘rganish va ajdodlarimizning qahramonligini keng jamoatchilik, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida targ‘ib etish maqsadida Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning eng sara 10 nafar sarkardalarining qiyofalarini tiklash va portretlarini yaratish hamda ushbu portretlarni Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi va Andijon shahar hokimligiga ko‘rgazma uchun taqdim etish” vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan Badiiy akademiya tomonidan Ilmiy-ijodiy guruh tarkibi shakllantirildi va tasdiqlandi.

Badiiy akademiyada Ilmiy-ijodiy guruh hamda Madaniy meros agentligi qoshidagi Badiiy ekspertlar kengashi a’zolari, Fanlar akademiyasi va Tarix institutidan bir guruh olimlar ishtirokida ijodkorlar tomonidan yaratilgan Amir Temur va Zahiriddin Muhammad Boburning eng sara 10 nafar sarkardasi portretlari muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil fevral-mart oylarida Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi va Andijon shahar hokimligida mazkur portretlarning ko‘rgazmasini tashkil etish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.