loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Ustoz va shogird» ko’rgazmasi

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida pedagog, O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Iyos Yarashev va 8-sinf «Grafika rassomi» yo’nalishi guruhi o’quvchilarining «Ustoz va shogird» ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Unda ijodiy ishlari bilan qatnashayodgan o’quvchilarning ota- onalari, O’zbekiston Badiy ijodkorlar uyushmasi Shahrisabz bo’limi raisi T.Namazov, Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi L.Xalilov, «ART&MUSIC PLANET» MCHJ rahbari Sh.Mahkamov so’zga chiqib, yoshlarga ijod yo’lida muvaffaqiyat tilashdi.

Tadbir so’ngida maktab-internati ma’muriyati tomonidan ko’rgazma ishtirokchilari esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.