loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Xalq va armiya bir tanu bir jondir!

Jizzax ISMI o’quvchilari O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag’ishlab «Xalq va armiya bir tanu bir jondir»  shiori ostida o’tkazilayotgan tadbirlar doirasida Jizzax harbiy garnizoniga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida o’quvchilar harbiylar uchun yararilgan sharoitlar bilan tanishdilar. O’quv xonalari, tibbiyot xonasi, askarlar yotoqxonasi, oshxonasidagi yaratilgan qulayliklar o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otdi.

Oquvchilar uchun harbiy garnizon madaniyat saroyida madaniy tadbir tashkil etildi. Tadbir oldidan «Mening armiyam – mening faxrim» rasmlar tanlovining g’oliblari 59816- harbiy qism tomonidan diplom va sovg’alar bilan taqdirlandilar. Bunday tadbirlar o’quvchilarimizda Vatanga bo’lgan muhabbat, sadoqat, harbiylarimiz kuch-qudratidan faxrlanish tuyg’ularining yanada rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.