loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Xalqaro festival va xalqaro forum bo‘lib o‘tadi

21-23 sentyabr kunlari Qо‘qon shahrida II “Xalqaro hunarmandchilik festivali” va Rishton tumanida “Xalqaro kulolchilik forumi” o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 23-avgustdagi PQ-5229-sonli qarori 9-bandi ikkinchi xatboshisi hamda Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro kulolchilik forumi va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazma-savdosini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyuldagi 370-son qarori 2-ilovasi 12-bandida Forum doirasida kulolchilik san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, kulolchilik buyumlari, qadimiy kulolchilik dastgohlari va mahsulotlarini yaratish jarayonlari, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etilishi, Forum uchun ajratilgan maydonda ishtirokchilarning mahorat darslari o‘tkazishi belgilangan.

Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasiga aʼzo usta-hunarmandlar ham ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.