loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Xurliman – etakchilar orasida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi Begmanova Xurliman Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi tomonidan 2022 yil 22 mart kuni sportning Shotakan karate-do turi bo‘yicha o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston chempionatida 14-15 yosh, -50 kg vazn toifasida 3-o‘rinni, 30 mart kuni O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil qilingan “Biz bunyodkor yoshlarmiz, illatlarga qarshimiz” mavzusida “How do you do sport” onlayn sport tanlovida sovrinli 1-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.