loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!

Bugun, 4-avgust kuni Badiiy akademiya maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi, ilk saboq “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi «Mustaqillik darsi» bilan boshlandi.

Bugun 4-sentabr kuni Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatida yangi 2023/2024-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan hamda mustaqilligimizning 32 yilligiga bagʻishlangan «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida tadbir boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, maktab-internatga ilk qadam qoʻygan 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovgʻalari topshirildi.

Ilk saboq – “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi «Mustaqillik darsi»da yurtimizda yosh avlodga eʼtibor, mustaqillik, tinch va osuda hayotning qadr-qimmatiga oid qiziqarli dars o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Qo‘qon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirni maktab direktori E.Sodiqova ochib berdi va tashrif buyurgan mehmonlar, ota-onalar, o‘qituvchi va o‘quvchilarni Mustaqilligimizning 32 yilligi va birinchi o‘qish kuni bilan tabrikladi, o‘quvchilarga o‘qishlariga omad tiladi.

lk saboq – “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi «Mustaqillik darsi»da yurtimizda yosh avlodga eʼtibor, mustaqillik, tinch va osuda hayotning qadr-qimmatiga oid qiziqarli dars o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

O‘zkiston Badiiy akademiyasi tizimidaogi Navoiy ISMI da davatimiz mustaqilligining 32 yilligi, hamda 4 sentabr bilimlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda ko‘plab o‘quvchilarning ota onalari va mehmonlar tashrif buyurishdi. Tadbir jarayonida 170 nafar o‘quvchilar 35 nafar ota onalari ishtirok etishdi. 1sinf bolajonlariga prezident sovgalari topshirildi. Tadbir davomida har bir guruhda o‘qituvchilar tomonidan O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi shiori ostida mustaqillik darslari o‘tildi.

Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabida Mustaqilligimizning 32 yilligi hamda “Yangi hayot uchun, Yangi О‘zbekiston uchun!” shiori ostida bilimlar bilimlar kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 98 nafar umumta’lim va maxsus fan o‘qituvchilari, ota-oanalar va 485 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi.

lk saboq – “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostidagi «Mustaqillik darsi»da yurtimizda yosh avlodga eʼtibor, mustaqillik, tinch va osuda hayotning qadr-qimmatiga oid qiziqarli dars o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yangi o‘quv yiliga bag‘ishlangan tantanali tadbir bugun Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida ham o‘tkazildi.

Maktabda o‘quvchilar, ularning ota-onalari, ustozlar, jamoatchilik vakillari to‘plandilar. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.

Tadbirda maktab direktori U.Hakimov, O’zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, maktabning faxirli o`qituvchilari so`zga chiqib, barcha o`quvchilarni o`quv yilining boshlanishi va O`zbekiston Respublikasining 32 yillik bayrami bilan tabriklashdi.

Tadbirda maktabning faxriy o`qituvchilaridan biri, O`zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Anvar Mamajanov O`zbekiston xalq rassomi unvoni berilgani munosabati bilan Badiiy akademiya va maktab jamoasi nomidan tabriklanib, estalik sovg`alari taqdim etildi.

Tadbir barcha 8-sinf o`quvchilarining maktabning tadbirlar zalida mustaqillik darsini o`tish bilan davom ettirildi. Darsni tarix fanlari nomzodi, dotsent A.Omonov olib bordi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.