loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Yog‘ochga naqsh etib boqiy sir, mavo…”

14 iyun kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining “Akademiya” galereyasida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti faxriy professori, taniqli fotorassom Abdug‘ani Jumayevning “Yog‘ochga naqsh etib boqiy sir, mavo…” nomli shaxsiy fotoko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Muallifning mazkur fotoko‘rgazmasi O‘zbekiston xalq rassomi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faxriy aʼzosi, yog‘och o‘ymakor usta Ortiq Fayzullayev (1933-2023)ning yorqin xotirasiga bag‘ishlandi.

Ko‘rgazmada fotorassomning qo‘ligul ustoz ijodkor O.Fayzullayevning hayot yo‘li, serqirra ijodiy faoliyati, tasviriy va amaliy sanʼat ahli, shogirdlar davrasidagi muloqot onlari, shaxsiy ko‘rgazmalaridan lavhalar muhrlangan 50 ga yaqin foto asarlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.