loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashrif buyurdi

Bugun,1-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga tashrif buyurdi.

 

 

Badiiy akademiya raisi dastlab mazkur maktab-internatda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, fikr almashdi.

 

 

 

 

Tashrif doirasida maktab-internat o’qituvchi va o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

 

 

 

Uchrashuvda O‘zBA raisi Badiiy akademiya tomonidan badiiy taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Maktab-internatdagi o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish va ularning kelajak maqsadi to‘g‘risida fikr almashildi.

 

 

 

Qizg‘in kechgan muloqotda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 

 

 

 

Bugun,1-mart kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hizmat safari doirasida Badiiy akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo’limi ko‘rgazma saroyiga ham tashrif buyurdi.

 

 

Bu erda Qoraqalpog‘iston xalq rassomi, akademik Sarsenbay Baybosinovning «Pozitiv» nomli shaxsiy ko’rgazmasi bilan tanishdi.

 

 

 

Bugun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida kunning ikkinchi yarmida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga ham tashrif buyurdi va universitet rektori Axmet Reymov hamrohligida San’at fakulteti talabalarining ijodiy ko’rgazmasi bilan tanishdi.

 

 

Shundan so’ng san’at fakulteti o’qituvchi va talaba yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda yoshlar mehmon bilan bugun tasviriy san’atda kechayotgan jarayonlar, Akmal Nur ijodiy faoliyati haqida qizg’in muloqot qilishdi.

 

 

 

Uchrashuvda o’qituvchi va talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.