loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Vatan himoyachilari bilan uchrashuv

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida 14–yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” nomli ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi.

Yurtni himoyalash, tinchlik, osoyishtalik deb atalgan eng oliy ne`matni ko`z qorachig`idek asrab – avaylash harbiylarimiz uchun eng oliy maqsad va muddaodir. Ma`lumki, 1993 yil 29 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb e`lon qilindi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev “Armiya va xalq – bir tanu bir jon!” – biz bahodir va dovyurak harbiylarimiz bilan – o`zining muqaddas qasamyodiga sodiq qolib, xizmat burchini yerda ham, ko`kda ham sharaf ila ado etayotgan yurtimizning zabardast o`g`lonlari bilan haqli ravishda faxrlanamiz, deb aytgan edilar.

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan “Mardlar qo`riqlaydi Vatanni” nomli ijodiy uchrashuvda Faxriy harbiylar ishtirok etdi. Faxriylarning hayot yo`llari, harbiylik kasbining mashaqqati va mas`uliyati haqidagi hayotiy hikoyalari yoshlarni tinchlik – xotirjamlikning qadriga yetish, xizmatda o`g`lonlarning vijdonli va mard bo`lishiga, Vatanimizning har bir qarichini ko`z qorachig`idek asrashga da`vat etishi bilan ahamiyatlidir.

Havo hujumidan mudofaa va harbiy havo kuchlari qo`mondonligi serjanti Hotambek Abdullayev “Armiyam” nomli duet qo`shig`I bilan barchaga zavq ulashdi.
Jamoat xavfsizligi universitetining “Alvon beretlar” ansambli ijrosidagi kuy va qo`shiqlar yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga da`vat etdi.

Mudofaa vazirligi Maxsus – avariya tiklash boshqarmasining “Impuls” harbiy ansambli chiqishlari barchaga manzur bo`ldi.

Tadbir oxirida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`zbek tilini rivojlantirish jamg`armasi’ tomonidan harbiy faxriylarga esdalik sovg`alari ulashildi.
Tadbir o`ta ko`tarinki kayfiyatda bo`lib o`tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.