loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Абу Райҳон Беруний таваллудининг 1050 йиллигига бағишланди

Бугун,17 август куни Тошкент фотосуратлар уйида буюк мутафаккир ва қомусий олим Абу Райҳон Беруний таваллудининг 1050 йиллигига бағишланган фотокўргазма очилди. Мазкур кўргазма Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Буюк мутафаккир ва қомусий олим Абу Райҳон Беруний таваллудининг 1050 йиллигини халқаро миқёсда кенг нишонлаш тўғрисида”ги 2022 йил 25 августдаги ПҚ-361-сонли қарорнинг 11-бандига мувофиқ ташкил қилинди. Кўргазма ташкилотчилари: Ўзбекистон Бадиий […]

Buyuk mutafakkirlarimiz siymolari

Bugun,16-avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida “Buyuk mutafakkirlarimiz siymolari” mavzusida ko‘rgazma tashkil etildi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmada rassomlarimiz chizgan qirqdan ortiq diniy alloma hamda aniq va tabiiy fanlarni rivojlantirishga benazir hissa qo‘shgan olimlarning portretlari o‘rin oldi. Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 […]

Davlat stipendiatlariga guvohnoma topshiriladi

“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori bilan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talaba tegishli taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha ushbu stipendiya g‘olibi, deb topilgani xabar qilingan edi.Shu yil 21-avgust kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Anjumanlar zalida 2023-yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasiga sazovor bo‘lgan talabalar bilan uchrashuv hamda […]

Qomusiy olimga bag‘ishlangan ko‘rgazma

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk mutafakkir va qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligini xalqaro miqyosda keng nishonlash to‘g‘risida”gi 2022 yil 25 avgustdagi PQ-361-sonli qarorning 11-bandiga muvofiq Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligiga bag‘ishlangan badiiy fotoko‘rgazma tashkil qilinadi. Fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi 17 -avgust kuni soat 17:00 da Toshkent fotosuratlar uyida bo‘lib o‘tadi.

Ретроспектив кўргазма

Ёз фаслининг қизғин палласида – 9 август куни анъанага кўра Ўзбекистон Бадиий академияси Марказий кўргазмалар залида Бадиий кўргазмалар дирекцияси коллекциясидан олинган, Ўзбекистон санъат усталари асарларининг ретроспектив кўргазмаси очилди.“Бизнинг мерос” туркумидаги ушбу лойиҳа Ўзбекистон графика усталари – 2023 йил юбилярларига бағишланган. Булар уч нафар таниқли рассом – бу йил 95 ёшга тўлган ажойиб график, Арнольд Павлович […]

Pokiston haqida ko’rgazma

8-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida Pokiston davlat mustaqilligining 76 yilligiga bag’ishlangan “Maftunkor Pokiston” fotoko‘rgazmasi ochildi. Pokistonning mamlakatimizdagi elchixonasi, ShHTning O‘zbekistondagi Xalq diplomatiyasi markazi hamda O’zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan fotoko‘rgazma Pokistonning boy merosi va an’analarini namoyish etishga qaratilgan. Ko’rgazmaga qo’yilgan fotosuratlar tomoshabinni Pokistonning qadimiy tarixi, boy madaniyati, noyob me’morchiligi, gavjum shaharlari va go’zal manzaralari […]

Rasmlar tanlovi viloyat bosqichi

O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limi badiiy galereyasida «Ranglar jilosida ona diyor» Respublika rasmlar tanlovining  viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda Namanganda ijod qilayotgan yosh ijodkorlar hamda viloyat bolalar musiqa va sanʼat maktablari o‘quvchilari faol qatnashdi. Tanlovning Hakamlar hayʼati qaroriga ko‘ra quyidagilar g‘olib topildi. 1-o‘rin, Mamadjanova Shaxlo 21-yosh,grafika yo‘nalishida 1-o‘rin, Olimjanova Dilrabo 19-yosh, rangtasvir yo‘nalishida 1-o‘rin, […]

An’anaviy yapon ro’moli ko’rgazmasi

8-avgust kuni Ozbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyida “Furoshiki” – an’anaviy yapon ro’moli ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tashkilotchilar: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Yaponiyaning O`zbekistondagi elchixonasi, Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyi, O’zbekiston–Yaponiya markazi, Toshkentdagi an’anaviy yapon choy marosimini o‘rganish jamiyati. Furoshiki – so’zma-so’z tarjima qilinganda «hammom gilami» degan ma’noni bildiradi va har […]

Илмий-амалий анжуман Ахборот хати

Мамлакатимизда жорий йил сентябрь ойида Ўзбекистон халқ рассоми Муҳиддин Раҳимов таваллудининг 120 йиллиги кенг нишонланади, жумладан, тадбирлар доирасида кулол М.Раҳимовнинг Ўзбекистон амалий санъати тараққиётига қўшган ҳиссасига бағишлаб илмий-амалий конференция ўтказилади. Қуйида ушбу илмий-амалий анжуман Ахборот хати илова қилинмоқда. Ўзбекистон халқ рассоми Муҳиддин Раҳимов таваллудининг 120 йиллигига бағишланган “Муҳиддин Раҳимовнинг Ўзбекистон амалий санъати тараққиётига қўшган ҳиссаси” […]

Fotoko‘rgazma tashkil etiladi

O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) xalq diplomatiyasi markazi hamda Pokiston Islom Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida “Pokiston – maftunkor diyor” nomli fotoko‘rgazma tashkil etilmoqda. Pokiston davlat mustaqilligining 76 yilligiga bag‘ishlangan mazkur fotoko‘rgazmaning ochilish marosimi Toshkent fotosuratlar uyida 8-avgust kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.