loader image

Yangiliklar

Barcha yangiliklar

Farg‘ona vodiysi rassomlari plenerda

Farg‘ona, Namangan va Andijondan bir guruh rassomlar tog‘lar bag‘rida joylashgan so‘lim Shohimardonda plener o‘tkazishdi. Bu haqida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘i Lyubov Semizorova feysbukdagi o‘z sahifasida ma’lum qildi: https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=pfbid0cAUhgaZdXueNAQXNYfHEfuZncTX139GhuQBvHDgph7jf6yHC5TrBuejhpo9sBuWjl&id=100013476277065&mibextid=9R9pXO 

Toshkentda xalqaro amaliy san’at biennalesi bo’lib o’tadi

Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan IV Toshkent xalqaro amaliy san’at biennalesi o‘tkaziladi. Ushbu an’anaviy biennale O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  «O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3219-son  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil qilinmoqda.

Eng ulug‘, eng aziz bayram uchun

Ko‘p millatli xalqimiz shu kunlarda Vatanimizning ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida butunlay yangi davrni boshlab bergan unutilmas tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi  davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik sanasini baland ruh va ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlash uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Davlatimiz rahbarining  joriy yil 27- iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni […]

«Mening realizmim»

Toshkent shahridagi «Gallery 81» sanʼat maskanida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzolari, samarqandlik ikki isteʼdodli rassom Axmad Isoyev hamda Nuriddin Isayevning «Mening realizmim» nomli qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda akademik rassomlar Alisher Mirzayev, Sobir Raxmetov, Badiiy ijodkorlar uyushmasi raisi Ibroxim Valixo‘jayev so‘zga chiqdi. Ko‘rgazma sohiblarining izlanishi, ijodiy […]

ANONS!

«Bizning meros» turkumida navbatdagi ko‘rgazmaga marhamat! Bu gal muxlislarga 2023 yildagi yubilyarlar – O‘zbekiston sanʼat ustalari, grafik rassomlar Anatoliy Osheyko, Boris Kotlov va Arnold Gan asarlari havola etiladi. Mazkur ko‘rgazmaning ochilish marosimi 9 avgust kuni soat 17:00 da Markaziy ko‘rgazmalar zalida bo‘lib o‘tadi.

An’anaviy hisobot ko‘rgazma

4-avgust kuni Toshkent fotosuratlar uyida uning qoshidagi ijodiy fotografiya maktab-studiyasi o‘ttiz uchinchi guruh bitiruvchilarining an’anaviy hisobot ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada 13 nafar muallif 150 ga yaqin asarlari bilan ishtirok etmoqda. Tajribali fotograf, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi fotosho’basi a’zosi Rusudan Xubutiya rahbarligidagi 33-guruh bitiruvchilari ko‘cha fotosurati,badiiy portret, ijtimoiy fotografiya, landshaft, natyurmort, abstraksiya, reportaj fotografiyasi singari janrlarida mahoratini […]

Imtihon jarayonlari

Bugun – 31-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kuni ham o‘z yakuniga yetdi. Imtihon davomida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur, Bosh ilmiy kotib Feruza Obidjonova, institut rektori, Qabul komissiyasi raisi Abbosjon Mirzorahimov, Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Qosimjon Mamajonov, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Elyor Mullajanovlar […]

Imtihon jarayonlari

Bugun – 31-iyul kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihonlarning 5-kuni bo‘lib o‘tmoqda. Ayni damda Dizayn: libos va gazlamalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilmoqda.  

Дўст билан обод уйинг….

Ўзбекистон Бадиий ижодкорлар уюшмаси аъзоси, фоторассом Султонбой Деҳқоновнинг Бадиий ижодкорлар уюшмаси, «Тасвирий ойина» республика ижодий уюшмаси, Тошкент фотосуратлар уйи ҳамкорлигида Бобур истироҳат боғида Халқлар дўстлиги байрамига бағишланган «Дўст билан обод уйинг» дея номланган кўчма фотокўргазмаси ташкил этилди. Кўргазмада муаллифнинг Янги Ўзбекистон манзиллари ҳамда юртимиздаги миллатлараро тотувлик акс этган фоторепортаж, портрет, манзара жанридаги 32 та бадиий […]

Imtihon natijalari – 3-kun!

29-iyul  kuni Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga! Imtihon natijalari institutning rasmiy axborot tizimiga joylashtirildi! Quyidagi havolalar orqali tanlagan ta’lim yo’nalishingiz bo’yicha natijalar bilan tanishishingiz mumkin: Professional ta’lim: dizayn (interyerni loyihalash) (https://mrdi.uz/2023/07/29/%E2%9C%94%EF%B8%8Fprofessional-talim-dizayn-interyerni-loyihalash/)📎 Dizayn: interyerni loyihalash (https://mrdi.uz/2023/07/29/%E2%9C%94%EF%B8%8Fdizayn-interyerni-loyihalash/)📎 Dizayn: sanoat dizayni (https://mrdi.uz/2023/07/29/%E2%9C%94%EF%B8%8Fdizayn-sanoat-dizayni/)📎 Dizayn: reklama va amaliy grafika (https://mrdi.uz/2023/07/29/%E2%9C%94%EF%B8%8Fdizayn-reklama-va-amaliy-grafika/)📎 Dizayn: […]

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.