loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Ivan Zolotuxinning shaxsiy ko’rgazmasi

6 dekabr kuni  O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Hirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligiga bagishlangan fotorassom Ivan Zolotuxinning ilk shaxsiy ko`rgazmasining ochilishi bo`lib o`tdi.

Ko`rgazmada rassomning 62ta fotosuratlari namoyish qilindi. Fotosuratlarning ko`pi asosan, inson oyog`i etmas tog` cho`qqilaridan iborat.

Ivan Zolotuxin – 1992 yil Buxoro viloyati Kogon shahrida tug`ilgan. Toshkent shahrida tug`ilgan.
Ivan maktabda o`qib yurgan chog`laridayoq tabiat shaydosiga aylangan. San`at uning jonu – dili bo`lganligi bois, fortepiano chalish bilan shug`ullangan.  

Keyinro` esa sportning breking turi bilan shugullangan va ko`plab respublika tanlovlar g`olibi bo`lgan.

Ivan fotosurat olish bilan 15 yildan beri shug`ullanadi. 20 yoshidan boshlab fotobosma laboratoriyasida ishlay boshlagan. U professional sifatida fotostudiyada suratlar oldi va sekin – asta o`z ishi bilan tanilib bordi.

O`z yurtiga qiziqish va muhabbat uning ilk ishlaridanoq sezilib turadi, Ivan O`zbekistonimizning o`zida juda ko`p sayohat qiladi. Uning sinchkov nigohi yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ilg`ab oladi va ajoyib fotoasarlar yaratiladi.

Ayniqsa, sayohatga bo`lgan katta qiziqish uni Tyan – Shan tog`larining g`arbiy tomoniga olib bordi. Bu tog`lar Ivanni o`zining salobatliligi, yoniga borib bo`lmaydigan qorli
qoyalari, jo`shqin soylari va tiniq sharsharalari bilan yuragini zabt etdi. Ushbu ajoyib tabiat go`zalligini yurtdoshlarimizga etkazish maqsadida fotoasarlar yarata boshladi.

Ivan Zolot uxin uch yildan beri Yangiobod tog`larida yashaydi. U tog`larda rouljamping – juda baland tepalikdan arqon yordamida sakrash, qoyalarga chiqish bilan shug`ullanadi, shuningdek, tog` instruktori sanaladi va turist hamda dam oluvchilarga go`zallikni ko`rishga yordam beradi.

Ivan Zolotuxinning fotosuratlari o`ta tiniqligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning professional fotorassom ekanidan dalolatdir. Uning fotoasarlaridan “Tyan – Shanning och sariq palitrasi”, “toqqa chiqish”, “Sakrashdan so`ng” “Alpinist anjomlari bilan ishlash” kabilari haqiqiy tog` nafasini beradi. Yana shunisi e`tiborliki, Ivan Zolotuxin yurtimizdagi faqatgina uzoqlardan tomosha qila oladigan tog`lar cho`qqilari bilan yaqindan tanishtiradi.

Ham sport, ham san`at uyg`unlashganda ajoyib asarlar yuzaga keladi. Buni Ivan ijodida yaqqol ko`rish mumkin. O`zi baland joylardan sakrab, tabiatning sofligi va uchish zavqini his etadi. Albatta, buni hamma faqat orzu qilishi mumkin.

Ko`pchilik yaxshi bilmaydigan joylar bilan tanishtirish, O`zbekistonimizning betakror go`zalligini namoyon qilish, xorijiy davlatlardan qolishmaydigan turistik salohiyatni ko`rsatish – bu hammasi fotorassom oldiga qo`yilgan maqsadlardir. U insonlarni tabiatni asrash va uning qadriga yetishga chorlaydi.

Ko`rgazma joriy yilning 20 dekabrigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.