O`z yurtiga qiziqish va muhabbat uning ilk ishlaridanoq sezilib turadi, Ivan O`zbekistonimizning o`zida juda ko`p sayohat qiladi. Uning sinchkov nigohi yurtimizning diqqatga sazovor joylarini ilg`ab oladi va ajoyib fotoasarlar yaratiladi.
Ayniqsa, sayohatga bo`lgan katta qiziqish uni Tyan – Shan tog`larining g`arbiy tomoniga olib bordi. Bu tog`lar Ivanni o`zining salobatliligi, yoniga borib bo`lmaydigan qorli
qoyalari, jo`shqin soylari va tiniq sharsharalari bilan yuragini zabt etdi. Ushbu ajoyib tabiat go`zalligini yurtdoshlarimizga etkazish maqsadida fotoasarlar yarata boshladi.
Ivan Zolot uxin uch yildan beri Yangiobod tog`larida yashaydi. U tog`larda rouljamping – juda baland tepalikdan arqon yordamida sakrash, qoyalarga chiqish bilan shug`ullanadi, shuningdek, tog` instruktori sanaladi va turist hamda dam oluvchilarga go`zallikni ko`rishga yordam beradi.