loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Akmal Nur Xorazm ISMI tashrif buyurdi.

Bugun,2-mart kuni Akmal Nur Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatiga bordi.

Dastlab maktabda hozirlangan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm viloyat bo‘limiga a’zo rassomlarning mo‘jaz ko‘rgazmasi ko‘zdan kechirildi. Kelgusida Xorazm rassomlari ko‘rgazmasini keng ko‘lamda uyushtirish rejalashtirildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nur bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Unda Xorazm ISMI o‘qituvchi-o‘quvchilari, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Xorazm bo‘limiga a’zo rassomlar ishtirok etdi.

Tadbirda o‘zbek tasviriy san’ati rivojini ta’minlash,rassomlarning jamiyat oldidagi burchini his qilish, o‘z ijodi bilan yaqqol ko‘zga tashlanayotgan yosh musavvirlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida fikr almashildi,fikr-mulohaza bildirildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisining xizmat safari yakuniga yetdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.