loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

ANONS!

24-dekabr kuni soat 18:00 da Toshkent fotosuratlar uyida «BENOM» ko’rgazmasi ochiladi.Poytaxtning ko’plab badiiy ko’rgazmalari tomoshabinga dam olishga imkon bermaydi. Yosh mualliflar ijodiga bag‘ishlangan ko‘plab ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Ushbu ko’rgazma ham loyihasi yosh rassomlarning ijodi haqida hikoya qiladi. Bosh qahramonlar, ya’ni taqdim etilgan mualliflar unchalik ko‘p bo‘lmaydi – atigi 3 ta. Uchala rassom ham oliy ma’lumotga ega bo‘lib, Q.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchilari. Hozir barcha mualliflar erkin ijodiy parvozda.

Ularning har biri yosh, dadil, izlanuvchan va eksperimentlardan qo‘rqmaydi, har bir muallifning zamonaviy san’atga, umuman, bugungi hayotga o‘z qarashi bor. Yoshdagi kichik farq, turli uslublar va ular shug’ullanadigan mavzulardagi farqga qaramay, ko’rgazma birlashtirgan rassomlarning barchasini akademik fonda namoyon bo’lgan eksperimental ruh birlashtiradi.

Ko‘rgazma “BENOM” deb nomlandi, ya’ni o‘zbekchada “Nomsiz” degan ma’noni anglatadi. Biz ko’rgazma nomi ochiq chiziq bo’lishi kerak, deb qaror qildik, unda har bir tomoshabin qanday nom berishni o’zi hal qilishi mumkin. Ko‘rgazmadan ko‘zlangan maqsad yosh rassomlarning ijod namunalarini namoyish etish, ularning asarlarida aytilgangan so‘zlarini tinglashdan iborat. Zero, yurtimiz san’atining kelajagi aynan ular, yosh mualliflardir.

24 dekabr kuni soat 18:00 da Toshkent fotosuratlar uyida ko’rgazmamiz ochilishida barchangizni ko’rishdan xursand bo’lamiz.

Kurator: Munis Nur

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.