loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Badiiy ko’rgazma

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida taniqli rassom, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Pavel Pantyuxin tavalludining 100 yilligiga bag`ishlangan xotira ko`rgazmaning ochilishi bo`lib o`tdi. Ko`rgazmada rassomning 60 dan ortiq rangtasvir ishlari namoyish qilindi. Pavel Sergeevich Pantyuxin – 1921 yil 26 avgustda Saratov viloyati. Rtishevsk tumani, Urusovo qishlog`ida chizmachilik va rasm o`qituvchilari oilasida dunyoga keldi.1925 yil Pantyuxinlar oilasi Toshkentga ko`chib keldi.1940 yil maktabni tugatgach, Qizil Armiya safiga xizmatga chaqirildi. 1941 yil u armiyada 34-chegara polkida xizmat qilayotgan edi. Urush boshlanib qoldi. Tula va Moskva shaharlarini mudofaa qilishda faol ishtirok etdi va “Moskva mudofaasi uchun” medali bilan taqdirlandi. Shuningdek, u “Jangovar xizmati uchun”. “1941-1945 yillarda Ulug` Vatan urushida Germaniya fashizmi ustidan qozonilgan g`alaba uchun ” medallari bilan taqdirlangan.1946 yil harbiy xizmatdan bo`shatilganda starshina unvonini oldi.1947 yil P. Benkov nomidagi Toshkent badiiy bilim yurtiga 3-bosqichga qabul qilindi. 1049 yil bilim yurtini tamomladi va Toshkent ishlab chiqarish badiiy fondiga ishga kirdi. U juda ko`p respublika, butunittifoq va boshqa ko`rgazmalarda ishtirok etdi.1961 yil Rassomlar uyushmasiga a`zo bo`ldi.  1971-1973 yillarda “Rassom” kombinatiga rahbarlik qildi. Bu ishdan ketgach pensiyaga qadar faqat ijodiy ish bilan mashg`ul bo`ldi.Ishlab chiqarish va ijodiy ishdan tashqaru u ko`p vaqtini veteranlar bilan seksiya rahbari sifatida jamoat ishlariga sarfladi. Pavel Pantyuxin ijodida urush yillari aks etsa-da, u juda ko`p vaqtini tabiat go`zalligini chizishga bag`ishlagan. Rassom tabiatga mahliyo bo`lgan holda, qanday bo`lsa, shunday holda tomoshabinga yetkazishga harakat qilgan.  Uning Baykal ko`lining chiroyi va haybatini tasvirlagan ishlari ko`p. Jumladan, “Baykal” etyudi, “Baykal baliqchilari”, “Bulut qoplagan Baykal tongi”, “Baykalning qumli qirg`og`i” kabi ko`plab asarlarini sanash mumkin. Shu bilan birga “Oqtosh. Oqshom”, “Tovoqsoyda kuz”, “Bahor”, “Xo`jakent” asarlari fasllar almashinuvida tabiatning o`zgarishiga e`tiborni qaratgan. Ranglar tiniqligi va rang – barangligi rassom mahoratidan darak beradi. P. Pantyuxinning “Ona – Yer” nomli asari uning eng katta yutug`i deyishimiz mumkin.

 

Ko`rgazma joriy yilning to 25 sentyabrigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.