loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Bahor vernisaji

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan bugun Markaziy ko‘rgazmalar zalida “Bahor vernisaji” ko‘rgazmasi ochildi.

Vernisajda taniqli kulol – ustalar Nazira Kuziyeva va Rimma Gazaliyevaning kompozitsiyalari, haykaltarosh Lyudviga Nesterovich yaratgan haykaltaroshlik asarlarini tomosha qilishingiz mumkin.

Marina Proninaning grafik portretlari bizni shakl va tasavvurning metamorfozalari bilan hayratda qoldiradi, Li Tatyananing taʼsirchan va samimiy asarlarida esa, bizni bolalikdagi beg‘ubor va shinam hovlilarini sog‘inish kabi his-tuyg‘ularga yetaklaydi. Rangtasvirchi ayol rassomlarimiz – Lyubov Tiora, Viktoriya Troshina, Alimatova Go‘zal, Aziza Mamatovalar yaratgan asarlarida ayollarimizning maftunkorligi va ularni qurshab turgan go‘zal gullar orqali aks ettirganlar.

Ushbu ko‘rgazmada 25 nafar ayol ijodkorlarimizning 60 dan ortiq asarlari namoyish etilmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.