loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Biz bolalar, biz dunyo”

28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida Oʼzbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan chop etilgan “Biz bolalar, biz dunyo” kitob-albomining taqdimoti boʼlib oʼtdi.

Kitobda soʼnggi besh yil mobaynida Markaz hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamkorligida tashkil qilingan xalqaro bolalar rasmlari koʼrgazmalarida qatnashgan ShHT davlatlari yosh rassomlarining ijod namunalari jamlangan.

Yosh musavvirlar oʼz asarlarida tinchlik, doʼstlik, Vatanga sadoqat, kattalarga hurmat gʼoyalarini aks ettirishgan.

Markaz faoliyatining asosiy yoʼnalishlaridan birini ShHTga aʼzo davlatlardagi ayollar, yoshlar va bolalar oʼrtasidagi oʼzaro muloqotni mustahkamlash masalalari tashkil etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.