loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Diqqat,Tanlov!

O’zbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti iqtidorli talabalari о‘rtasida «KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI DAVLAT STIPENDIYASI» uchun tanlov e’lon qiladi!

Stipendiya tanloviga hujjatlar quyidagi yо‘nalishlarda qabul qilinadi:

▪️dastgohli rangtasvir;

▪️rangtasvir (turlari bо‘yicha);

▪️grafika va miniatyura;

▪️haykaltaroshlik (turlari bо‘yicha);

▪️amaliy san’at (turlari bо‘yicha);

▪️dizayn (turlari bо‘yicha);

▪️san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bо‘yicha).

🔅 Tanlovga taqdim etiladigan hujjatlar rо‘yxati:

🔹viloyat, respublika va xalqaro miqyosdagi shaxsiy kо‘rgazmasini tashkil etganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma, shaxsiy kо‘rgazma haqidagi fotosuratlar;

🔹soha bо‘yicha xalqaro va respublika darajasidagi kо‘rgazma, festival, tanlov va boshqa nufuzli tadbirlardagi ishtirokini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar, sertifikat va diplom nushalari;

🔹reyting daftarchasidan kо‘chirma;

🔹 dekanat va kafedraning tavsiyanomasi;

🔹ijodiy (ilmiy) ishlar rо‘yxati va ularning bosma nusxalari

🔹soha bо‘yicha kamida ikki nafar yetuk mutaxassisning fikrnomasi;

🔹ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, sohaga doir kо‘rsatuvlardagi ishtirokini tasdiqlovchi ma’lumotnomalar;

🔹о‘qish davrida erishgan boshqa yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.

 

✅ Barcha hujjatlar yig‘majildga joylangan holda taqdim etiladi.

 

Hujjatlar 2022-yilning 15-mayiga qadar fa

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.