loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Fotosuratlar olami

27 yanvar kuni Toshkent fotosuratlar uyida O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi “Fotorassomlar shoʻbasi” aʼzolarining va havaskor fotograflarning anʼanaviy qo‘shma hisobot ko‘rgazmasi ochildi.Ko‘rgazmaga tayyorgarlik doirasida shoʻba raisi R.Sharipov boshchiligida tuzilgan taftish komissiyasi aʼzolari birgalikda professional va havaskor fotograflarning ishlarini saralab, tanlab olishdi.Ko‘rgazma uchun taqdim etilgan fotografiyalarning mavzusi va janri cheklanmagan, uni har bir ijodkorning o‘zi tanlagan. Shunga ko‘ra siz, tomoshabinlar ko‘rgazma ekspozitsiyasida portret, natyurmor, manzara va aralash janrdagi fotografiyalarni, anʼanaviy, noanʼanaviy, qiziqarli syujetlarni, rang-barang va oq-qora rangdagi kompotsiyalarni, turli mavzular yordamida talqin qilinganligini ko‘rasiz.Shuningdek hisobot ko‘rgazmasi sizga qiziqarli maʼlumotlarni ham beradi. O‘zgarishlar deyarli ko‘z ilg‘amas bo‘lsa-da, aytarli avvalgilaridan farqi bo‘lmasa-da, lekin muhimi mavjud. Eʼtiborliroq bo‘lsangiz, siz fotograflar shoʻbasi safi kengayganini, ayniqsa, hafaskor fotograflar yildan-yilga ko‘payib, ularning istaklari ham kengayib borayotganligini ilg‘aysiz.Bu yilgi hisobot ko‘rgazmasida shoʻba aʼzolaridan V.Shlosberg, S.Karandayev, B.Alimxodjayev va U.Abdurazzoqovalar mavzu va uning talqiniga biroz ijorkorona yondashganlar. V.Sokolov S.Kanaki, A.Jumayev, A.Korovin, R.Sharipov, G‘.Shukurov, S.Dehqonboyev esa o‘z anʼanalariga sodiq qolib, tabiatning betakror va sokin maskanlari, shuningdek, milliy anʼanalarimiz, mahalliy urf-odatlarimiz bilan sizni uchrashtiradilar

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.