loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Gruziyaning O‘zbekistondagi еlchixonasi vakillari bilan uchrashuv

Joriy yil 6-noyabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasida Gruziyaning O‘zbekistondagi еlchixonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuridinov va Gruziyaning O‘zbekistondagi muvaqqat ishlar vakili George Chkheidze, Gruziya elchixonasi konsuli Nino Manjgaladze muloqotida tomonlar Gruziyaning san’at sohasiga oid tashkilotlari bilan Badiiy akademiya aloqalarini o‘rnatish, kelgusida tasviriy va amaliy san’at sohasida talabalar orasida master-klasslarni o‘tkazish, O’zbekiston Badiiy akademiyasi va Gruziya Badiiy akademiyasi bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish maqsadida memorandum loyihasini tuzish, 2024-yillarda Gruziya bilan hamkorlikda ko‘rgazma amalga oshirish hamda Gruziyalik ijodkorlarini 2024-yilgi xalqaro san’at haftaligi va zamonaviy san’at biennalesiga taklif etish to‘g‘risida kelishib olishdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.