loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Italiyada madaniyat haftaligi

Joriy yilning 19-22 may kunlari “PROGETTO ANGELI” Xalqaro madaniyat uyushmasi tomonidan Italiyaning Pezaro shahrida “O‘zbekiston va uning do‘stlari madaniyat haftaligi” o‘tkazildi.Haftalik doirasida Pezaro shahri hokimiyatining  Palatsa Gradari va Villa Kaprile saroyida fotoko‘rgazma, Toshkent shahridagi bolalar rasmlari tanlovi g‘oliblarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi, amaliy sanʼat, to‘qimachilik, moda namoyishlari, Italiya va O‘zbekiston sanʼatkorlari tomonidan musiqiy dasturlar taqdim etildi.O‘zaro madaniy almashinuvga boy tarzda o‘tgan mazkur tadbirlarda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham ishtirok etdi.“PROGETTO ANGELI” Xalqaro madaniyat uyushmasi madaniyat va sanʼatni ommalashtirishga ko‘maklashadigan tadbirlarni tashkil qiladi, ko‘rgazmalar, mahorat darslari tashkil etish orqali axborot almashishni targ‘ib etadi. O‘zbekiston va Italiya sanʼat namoyandalari ishtirokida mahorat darslari, ko‘rgazmalar, muayyan mavzuda davra suhbatlari uyushtirish orqali madaniy aloqalarni yana-da rivojlantirishga hissa qo‘shib kelmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.