loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati hamda akademiya tizimidagi tashkilot va talim muassasalar xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, sohani korrupsiyadan holi sohaga  aylantirish maqsadida joriy yilning 4-5 yanvar kunlari O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Tashkiliy-tahliliy bo‘limi boshlig‘i, Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati mas’ul xodimi J.Eshmuminov tomonidan Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at  maktab-internatida korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini oshirish, yuksak xulq-atvor standartlariga muvofiqlik, shuningdek lavozim (xizmat) majburiyatlarini bajarish chog‘ida xodimlar tomonidan korrupsiyaviy harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi hamda korrupsiyaning salbiy illatlari haqida batafsil tushuntirib o‘tildi.

Yig‘ilishda Navoiy ixtisoslashtirilgan san’at  maktab-internatida faoliyat yuritib kelayotgan barcha xodimlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.