loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

«Navqiron O‘zbekiston»ning viloyat bosqichi bo‘lib o’tayapti

Joriy yil 23-may kuni O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyati bo‘limi hamda Namangan davlat universiteti hamkorligida «Navqiron O‘zbekiston» iqtidorli yoshlar Respublika zamonaviy sanʼat ko‘rgazma-tanlovining Namangan viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov shartlariga ko‘ra unda 50 nafarga yaqin 23 dan 30 yoshgacha iqtidorli yoshlar 100 dan ziyod ijodiy asarlari bilan qatnashdilar. Ular orasida 10 nafar ijodkor Respublika bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yakunda ishtirokchi ijodkor yoshlar O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Namangan viloyat bo‘limining diplom va sertifikati bilan taqdirlandilar.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.