loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

O‘zbekiston rassomchiligi Vikipediyada

Bugun 16-yanvar kuni o‘zbekcha Vikipediyaga O‘zbekiston rassomchiligiga doir maʼlumotlarni kiritish, mavjud maqolalarni boyitish maqsadida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti hamda Yoshlar ishlari agentligi masʼullari bilan Zoom orqali onlayn muloqot tashkil qilindi. Unda Kamolidddin Behzod nomidagi MRDI doktorantlari, tayanch doktorantlari va magistrlari ishtirok etdi.Seminarda Wikipedia sayti va unga ma’lumotlar kiritishdagi yangi imkoniyatlar, WikiStipendiya marafoni doirasida olib borilgan targ’ibot ishlari haqida ma’lumot berildi. Wikipedianing o’zbek tilidagi faoliyatini kengaytirish va ayollar loyihasi «Wikiayollar»ning tashkil etilganligi saytdan foydalanishda yanada keng imkoniyatlarni yaratishi ta’kidlandi.Seminar yakunida ijodiy hamkorlik qilish va Kamoliddin Behzod nomidagi MRDIning Wikipedia sayti faoliyatini yo’lga qo’yish haqida kelishib olindi.

Zulayho Nurullayeva,
Kamolidddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 1-bosqich tayanch doktoranti

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.