loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Qo‘ng‘irotda xotira kechasi

Joriy yil 15-fevral kuni Qoʻngʻirot tumani Madaniyat markazida Oʻzbekiston xalq rassomi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, Berdax nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi haqiqiy aʼzosi, akademik Jollibay Izentayev tavalludining 80 yilligi munosabati bilan xotira kechasi boʻlib oʻtdi.

Kechada Qoʻngʻirot tumani hokimi, hokim oʻrinbosari, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi boshligʻi, Jollibay Izentayev nomidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati pedagogik jamoasi, rassomning yaqin doʻstlari, shogirdlari hamda oila aʼzolaridan uning oʻgʻli, B.Izentayevlar soʻzga chiqib rassomning ijodiga bagʻishlangan yorqin xotiralarini esladi.

Tadbirda rassomning hayoti va ijodi haqida hujjatli film, Qoʻngʻirot tumani Madaniyat boʻlimi hamda bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarining kontsert dasturi namoyish etildi.

 

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.