loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

“Qo`qon shamoli” nomli ko`rgazma

O`zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyining katta zalida rassomlar Muhammad Fozili va Murod Fozillarning “Qo`qon shamoli” nomli ko`rgazmasi ochildi.

Ko`rgazmada aka – uka rassomlarning 50 ta ishlari namoyish qilinmoqdа. 

Eng qiziqarlisi, ko`rgazmadan aka – ukalarning birgalikda ishlagan asarlari joy oldi.

Murod Fozil – 1957 yil 4 oktyabrda Andijon viloyatining Paxtaobod shahrida tug`ilgan.
1979 yil – M. Ulug`bek nomidagi Samarqand Davlat arxitektura va qurulish institutini tamomlagan.
1987 -2000 yillarda Qo`qonda bosh arxitektor lavozimida ishlagan.
1987 yil – Arxitektorlar uyushmasi a`zosi
1987 yil – Galle shahrida o`tkazilgan yosh arxitektorlar tanlovining 2-chi mukofot sovrindori. Germaniya
1991 yil – A. Navoiy nomidagi mukofot bilan taqdirlangan.
2001 – 2017 yillar – Qo`qondagi “O`zNUR” arxitektori

Muhammad Fozili – 1959 yil 5 fevralda Andijon viloyatining Paxtaobod shahrida tug`ilgan.
1980 yil – Samarqand Davlat arxitektura va qurulish institutini va parallel ravishda professor V.Yu. Sirkunovning restavratsiya bo`limini tamomlagan.
1987 yil – Arxitektorlar uyushmasi a`zosi
1988 yil – Dizaynerlar uyushmasi a`zosi
1998 yil – O`zbekiston Badiiy Ijodkorlar uyushmasi a`zosi
2016 yildan – Turon Fanlar akademiyasi akademigi
Shaxsiy ko`rgazmalari:
1999 yil – Esenin muzeyida, Toshkent
2004 yil – O`zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko`rgazmalar zalida, Toshkent
2014 – 2015 yillar – Tasviriy san`at galereyasida, Toshkent
2019 yil – Toshkent Fotosuratlar uyi
Loyihalar ishtirokchisi:
1999 Yil – “Energetik piramida” , installyatsiya
1999 yil – “Jild’, installyatsiya
1999 yil – “Yorug`likning tug`ilishi”,rangtasvir, kollaj
1999 yil – “Qog`ozli uyurma”, installyatsiya
1999 yil – “Harakatsiz va abadiy o`zgaruvchan Koinot’, Loyiha eskizi
2005 yil – “Hamisha va hech narsa”, installyatsiya
2005 yil – “Qurbonlik qilish”, installyatsiya
2007 yil – “Xrono Merodjes”, installyatsiya
2008 yil – “Vaznsizlik”, installyatsiya
2008 yil – “Biz – paradoks va munosabatmiz”, installyatsiya, video-art
2009 yil – “Katta portlashni kutish’, installyatsiya
2009 yil – “Piyetta”, rangtasvir, installyatsiya
2009 yil – “Osoyishtalik joyi”, installyatsiya, video-art
2011 yil – “Arkadiya kutmoqda”, installyatsiya
2014 yil – “Yo`qotilgan vaqt tarixi”
Monografiyalari:
2005 yil – “Qadimgi simvollarning siri”
2006 yil – “Simvol. Rang. Belgi”
2006 yil – “Ruhan – jismonan rangni o`zlashtirish ”

Murod Fozil va Muhammad Fozilining ijodi barchaga yaxshi tanish.

Ayniqsa, ularning birgalikdagi yaratgan asarlarini “bir – birini to`ldirish” deb atash mumkin. Jumladan, “Qo`qon shamoli”, “Balet”, “Navigator” turkumidan “Bo`rilar”, “Tinchlikka intilish” kabi asarlari rassomlar ichki hissiyotlari qo`shilgan holda, kuchli san`at asarlari dunyoga kelgan. Ranglar tiniqligi, asarlardagi bosiqlik yanada tomoshabinni o`ziga jalb qiladi.

Ko`rgazma joriy yilning 14 avgustigacha davom etadi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.