loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rais Xorazmga tashrif buyurdi

28-fevral kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida Badiiy akademiya tasarrufidagi Xorazm ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrif buyurdi.

Badiiy akademiya raisi dastlab mazkur maktab-internat direktori Kurbanbay Bekchanov hamrohligida o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, fikr almashdi. Xorazm ISMIda yoshlarga taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nurning Xorazm ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internatiga tashrifi doirasida maktab-internat o‘quvchi yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bugun Xorzam ISMIda 316 nafar o‘quvchi Dastgohli rangtasvir rassomi, Grafika rassomi, Lak miniatyurasi rassomi, Kino va televideniye rassomi, Badiiy kulolchilik usta-rassomi, Arxitektura dizayneri,Kompyuter grafikasi dizayneri yo‘nalishlarida taʼlim olmoqda.

Uchrashuvda O‘zBA raisi Badiiy akademiya tomonidan badiiy taʼlimda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida so‘zlab berdi. Maktab-internatdagi o‘qituvchilar salohiyati, o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish va ularning kelajak maqsadi to‘g‘risida fikr almashildi.

Qizg‘in kechgan muloqotda o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Badiiy akademiya raisining xizmat safari davom etmoqda.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.