loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Rassom va tabiat

Qashqadaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati ko’rgazmalar zalida O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Nodir Babaqulovning «Tasvirlarda hayot jilosi» nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilishi bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada rassomning o’ttizdan ortiq rangtasvir asarlari namoyish etilmoqda. Ko’rgazmani maktab-internati direktori N.Xolmuradova kirish so’zi bilan ochib berdi. San’atshunos Sh.Homiidova, O’zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Shahrisabz shahar bo’limi raisi Toshpo’lat Namazov va faxriy ustozlar so’zga chiqishdi. Ko’rgazma tashrif buyuruvchilarga yaxshi taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.