loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Respublika seminari о‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarori ijrosini ta’minlash hamda yog‘och о‘ymakorligi maktabi an’analari, uning rivojlanishiga katta hissa qо‘shgan ustalarning ijodi, hayot yо‘lini yosh avlodga yetkazish maqsadida O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Qo‘qon ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida joriy yil 22-23-sentabr kunlari “O‘zbekiston amaliy san’atida yog‘och o‘ymakorligining Qo‘qon uslubi” mavzusida Respublika seminari о‘tkaziladi.

Seminar doirasida ma’ruza, Qо‘qon qog‘ozini qayta tiklashga oid mahorat darsi, Qо‘qon ISM о‘qituvchilarining ijodiy ishlar kо‘rgazmasi,“Ochiq dars” mashg‘ulotlari tashkil qilinadi, shuningdek, ishtirokchilar uchun shaharning diqqatga sazovor manzillariga sayohot, II Xalqaro hunarmandchilik festivalining kо‘rgazmalari bilan tanishuv uyushtiriladi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.