O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti doktorantlari G.Jalolova, G.Orifjonova, Z.Nuriddinova Ozarboyjon davlat madaniyat va san’at universitetiga 27-martdan 9-aprelga qadar ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan ilmiy izlanishlar olib borish uchun tashrif buyurishdi. Ilmiy tadqiqotchilar universitet binosi, xodimlari bilan yaqindan tanishishdi va ilmiy ish mavzulariga oid kafedralarga biriktirildi.
