loader image
Barcha yangiliklarga qaytish

Taniqli xattotga oltin medal berildi

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi,taniqli xattot Habibullo Soliyev O‘zbekistonda xattotlik sanʼatini rivojlantirishga qo‘shgan katta hissasi hamda uzoq yillik fidokorona xizmatlari uchun Badiiy akademiyaning oltin medali bilan taqdirlandi.

Xattotga oltin medalni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur topshirdi.

Habibullo Soliyev 1998 yili Istanbulda o‘tkazilgan xalqaro xattotlar bellashuvida “Devoniy” xat uslubi bo‘yicha kuchli o‘nlikdan joy olgan yurtdoshimiz sanaladi.

Ustoz H.Soliyev 1999 yili xattotlikda yangi tarz, yaʼni naqshin bezak yozuvining alifbosini kashf qilgani uchun Lohurdagi xalqaro xattotlar bellashuvida «Parvin raqam» («Sharq yulduzi») unvoniga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi
 © 2019. Barcha huquqlar himoyalangan.
Veb-saytdagi ma’lumotlardan foydalanilganda, manbaga havola qilish majburiy.